Yangiliklar

Yangiliklar va yangilanishlar

Xizmatlarim qanday rivojlanmoqda — yangi yo'nalishlar, yakunlangan loyihalar va hamkorliklar.

2026-yil sentabr

Uchta xizmat — bitta saytda

Suv auditi, kimyoviy reagentlar xaridi auditi va kimyoviy xavfsizlik o'qitish endi umumiy metodologiya bilan bitta saytda taqdim etilmoqda.

2026-yil sentabr

Reagentlar xaridi auditi xizmati ishga tushirildi

Xizmat formati va narxi belgilandi: 40 mln so'm, 10–15 ish kuni, narx benchmarking va xarid jarayonini tekshirishni o'z ichiga oladi.

2026-yil iyun

Refresh Water uchun CLEAN RO-1 antiskalanti bilan ishlov berish ishga tushirildi

Refresh Water suv ishlab chiqarish korxonasida teskari osmos tizimiga CLEAN RO-1 antiskalanti bilan ishlov berish boshlandi. Uskunada cho'kindi hosil bo'lishi allaqachon sezilarli kamaydi — yakuniy natijalar haqida gapirish hali erta.

Instagram'da ko'rish
2026

General Motors Powertrain Uzbekistan suv auditi yakunlandi

Ishlab chiqarishning suv tozalash va sovutish tizimlari to'liq audit qilindi. Korxona ekologidan tavsiyanoma xati olindi.

2026

AO «NGMK», GMZ-3 uchun antiskalant yetkazib berildi

10 tonnadan ortiq antiskalant yetkazildi, korxonaning suv tozalash xarajatlari 15% ga kamaydi.

2026

SamAvto uchun antiskalant tanlab berildi

Teskari osmos tizimi uchun samaraliroq antiskalant tanlandi, bu korxonaning rasmiy xati bilan tasdiqlangan.